Messi "Vilyarreal"ga qarshi bahsda La ligadagi 100-dublini qayd etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi butun dunyoni lol qoldirishda davom etmoqda. Leo kecha bo‘lib o‘tgan "Vilyarreal"ga qarshi bahsda ispan futbolida yana bir rekordni qayd etdi.

Gap shundaki, argentinalik futbolchi kecha bo‘lib o‘tgan chempionatning 36-turida "sariq suv osti kemasi"ga qarshi uchrashuvda o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Bu esa Messining La ligadagi o‘zining 100-dubli bo‘lib tarixga kirdi. Bu esa Ispaniya chempionati uchun yaqqol rekord natija hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Messi joriy mavsumda hozircha o‘z hisobiga 35ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan va u Evropaning eng kuchli to‘purariga topshiriladigan "Oltin butsa" sovriniga asosiy nomzod hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!