Messi yana bir karra kimligini isbotlab qo‘ydi

  • 06.08.2020 13:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Statistik ma’lumotlarni yuritadigan WhoScored sayti “Barselona” sardori Lionel Messini 2019-2020 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deb topdi. Bu sayt nominatsiya g‘olibini mavsum davomida jamg‘arib borilgan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlaydi. Unga ko‘ra, argentinalik hujumchi 8,71 ballga loyiq ko‘rildi.

Shu tariqa, Lionel Messi so‘nggi 11 mavsumda 9-marotaba Evropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U ikki marotaba o‘z jamoadoshlari – Luis Suares va “Barsa”da o‘ynagan yillari Neymardan ortda qolgan.

WhoScored bu yil PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni 8,14 ball bilan ikkinchi o‘ringa qo‘ydi. “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski 8,13 ochko bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!