Messi yolg‘iz va baxtsiz! (Foto)

  • 10.03.2022 18:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Chempionlar ligasi 1/8 bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda PSJ "Real"ga mag‘lub bo‘ldi va ushbu turnirni tark etdi. Mazkur bahsda Lionel Messi maydonda ko‘zga tashlanmadi. 

Messi uchun bu mavsum og‘ir kechmoqda. Liga 1 doirasida u atigi 2 ta gol urdi. OAV argentinalik futbolchi yangi jamoada o‘zini qulay his qilmayotgani haqida tez-tez yozmoqda. 

Kechagi to‘qnashuvda argentinalik yulduz tribuna ostidagi tunnelda yolg‘iz turgan rasmi paydo bo‘ldi. Shuningdek, kecha Veratti jarima maydonchasiga yorib kirdi va yonida turgan Leoga to‘pni uzatmay, uzoqroqdagi sherigini to‘p bilan ta’minladi.

Ushbu epizodda 7 karra "Oltin to‘p" sohibining jahli chiqdi va Markoga jiddiy tarzda e’tiroz bildirdi.  

leoooo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!