Messi zo‘rmi yoki Maradona?

  • 10.05.2020 11:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Hozirda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan italiyalik sobiq futbolchi Fabio Kannavaro Diego Maradonani Lionel Messidan ustun qo‘ydi.

“Men Lionel Messini juda hurmat qilaman. Agar hozirgi avlodni inobatga olsak, u eng zo‘rlaridan biri. Men Pelening o‘yinlarini ko‘rmaganman, ammo Maradonaning o‘yinlarini kuzatganman. Etti yil davomida men uning ishtirokidagi barcha o‘yinlarni tomosha qilganman. U zo‘rlardan biri emas, u eng zo‘ri”, - deydi Kannavaro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!