Messida Ronalduga etib olish uchun yana 2 ta poker qoldi

  • 23 fevral, 2020, 02:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 25-turida "Barselona" "Eybar" (5:0) klubini yirik hisobda mag‘lub etdi.

Tecno

Uchrashuvda Lionel Messi to‘rtta gol urdi. Bu argentinalik futbolchi uchun Ispaniya chempionati tarixidagi beshinchi pokeri bo‘ldi. U avval, 2017/18, 2012/13 yilgi mavsumlarda bittadan va 2011/12 yilgi mavsumda 2 bor bitta o‘yinning o‘zida to‘rt marotaba raqib darvozasini ishg‘ol eta olgan.

Shu tariqa, "Barselona" safida eng ko‘p poker qayd etgan futbolchilar ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarilib, jamoaning sobiq forvardi Sesar Rodriges (4 ta poker) ni ortda qoldirdi.

Ispaniya chempionati tarixida Messidan faqatgina, "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu (7 ta poker) va "Atletik"ning sobiq a’zosi Telmo Sarra (8 ta poker) ko‘proq poker qayd etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!