Messidan kutilmagan variant paydo bo‘ldi
PSJ hujumchisi Lionel Messi kelasi mavsumni qaerda boshlashi mavhum bo‘lib turibdi.
Eng ko‘p muhokama qilinayotgan variantlar sifatida “Barselona” va “Al-Hilol” tilga olinmoqda.
Endi argentinalik jahon chempioni oldida yangi variant paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, 35 yoshli jahon chempionini Angliya Premer-ligasida kutishmoqda.
Goal nashrining yozishicha, Angliyaning nomi sir tutilayotgan bir necha klubi Messini o‘z safida ko‘rmoqchi. Ular tez orada futbolchi vakillari bilan muzokara o‘tkazishga tayyor.

Fikrlar