Messidan qo‘rqmang!
“Napoli” himoyachisi Kostas Manolas Chempionlar ligasining pley-off bahslari oldidan o‘z jamoadoshlarini “Barselona” etakchisi Lionel Messiga ko‘p e’tibor qaratmaslikka chaqirdi.
- Biz Messini jamoaviy harakatlar orqali to‘xtata olamiz va uning talantidan qo‘rqmasligimiz kerak. Mening nazarimda u sifat va tafakkur bobida benazir, - dedi Manolas.
“Barselona” va “Napoli” bahsi 8 avkust kuni bo‘lib o‘tadi. Dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Fikrlar