Messini Niderlandiyaga qarshi uchrashuvda to‘xtatib bo‘lmadi (statistika)
Jahon chempionati chorak finali doirasida Niderlandiya - Argentina o‘yini bo‘lib o‘tdi (2:2) va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi (4:3). Janubiy amerikaliklar dramatik kechgan bahsda iroda ko‘rsatib, keyingi bosqichga chiqdi.
Argentina sardori Lionel Messi faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Quyida Messining Niderlandiyaga qarshi uchrashuvdagi statistikasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
1 ta gol;
1 ta golli o‘zatma;
6 ta zarba;
Penaltilar seriyasidagi gol;
3 ta kalit uzatma;
14 marotaba yakkakurashga kirishib, 10 tasida yutib chiqish;
3 ta muvaffaqiyatli dribling.
Eslatib o‘tamiz, Argentina 13 dekabr oqshomida Xorvatiyaga qarshi final yo‘llanmasi uchun baxs olib boradi.

Fikrlar