Messini senga topshirdim!

  • 01.06.2021 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”dan ketganidan keyin “Atletiko”ni chempion qilgan Luis Suares Kataloniyadagi do‘sti Lionel Messining yoniga Serxio Aguero olinganidan xursand ekanini yashirmadi.

Aslida Suaresning klubdan ketkazilishi Messiga yomon ta’sir qilgan va u anchagacha o‘ziga kelolmay yurgan edi.

- Eng zo‘rlar bilan uchrashish bu doimo yangi chorlov. Serxio anchadan beri yuqori saviyada to‘p tepmoqda va o‘zi o‘ynagan jamoalar muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo‘shgan. Endi u dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan birga o‘ynaydi. U Messining do‘sti. Men Agueroni Leonikida barbekyu qilishganida ko‘rgandim. “Barselona” eng zo‘r hujum juftligiga ega bo‘ldi. Aguero ajoyib futbolchi, - dedi Luis Suares.

32 yoshli Serxio Aguero Argentina terma jamoasida ham Lionel Messi bilan birga o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!