Messining 10-raqami kimga tegishi kerak?

  • 16 sentabr, 2018, 16:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi Jahon Chempionatidan keyin Argentinaning vaqtinchalik tarkibida emas shu sababli “Albiseleste” o‘rtoqlik uchrashuvlarida taribida ko‘plab yosh iqtidor vakillari bilan ishtirok etmoqda.

Tecno

Mundialda terma jamoa eng yoshi katta tarkibga ega edi. Xo‘sh, ayni vaqtda terma jamoadan vaqtinchalik tanaffus olgan “Barselona” etakchisining 10-raqamli libosini kimdir kiyishi mumkinki? Shu haqida Squawka nashri mulohaza yuritdi.

Qiziq ravishda Argentina 10-raqamli libosni Messi borligi uchun hech kimga bermaslikka qaror qildi. Darvozabon Serxi Romero (Jahon Chempionatini jarohati sabab o‘tkazib yubordi) buni g‘alati deb bilmoqda: “10-raqamli libos doimo foydalanilishi shart. Hozir nimaga foydalnilmayapti, ochig‘i tushunmadim.”

Xo‘p, hozirda qo‘llanilmayotgan bo‘lsa, keyinchi? 10-raqamni kiyib yurishga haqiqiy merosxo‘r kim? Messi qaytguniga qadar Argentinaga kim etakchilik qiladi? Quyida 4 asosiy nomzod haqida tahlil qilamiz.

Orzu: Paulo Dibala

Messining futbolkasini ertami-kechmi yangi merosxo‘ri paydo bo‘lishi aniq. Ko‘plab etakchi futbolchilar, ayniqsa Ariel Ortega va Xuan Roman Rikelme 10-raqamni kiyishgan. Biroq chapaqay Messi 10-raqam ostida hujumda mo‘jizalar ko‘rsatganini inkor qilish qiyin.

Omar Sivoridan tortib Maradona, Messigacha hammasi top-toza namunaviy futbolchilar. Argentinaning hozirgi va keyingi avlodi baxtiga ularda bu libosga munosib futbolchi bor. U ham bo‘lsa – Paulo Dibala. “Yuventus” hujumchisi sehrli yaratuvchan kuchga ega, Messining yosh versiyasi.

Dibalada Messidan o‘zish uchun iqtidor va aql etarli. Argentina bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Dibalani Messiga taktik jihatdan yaqinligi sabab uni o‘ynatmaslikka qaror qildi. Ikki futbolchining qobiliyatlarini ayni vaqtda maksimal tarzda ishlatish juda qiyin degan qarorga keldi.

Biroq Messisiz tarkibda Dibala qirollik qilishga va jamoani oldinga etaklashga qodir.

Haqiqat: Serxio Aguero

Rostini aytganda, Messi AFAdan biroz chalg‘igan paytda uning libosini navbatdagi eng kuchli futbolchiga berish kerak bo‘lsa bu katta ehtimol bilan Serxio Agueroga berilishi kerak. Messi qaytgach Pep Gvardiola qo‘li ostida ancha kuchaygan Agueroga ehtiyoj sezilmasligi ham aniq.

U Gonsalo Iguain va Karlos Teves kabi muntazam ravishda mamlakatning tan olingan hujumchisi bo‘lmagan. Endi Aguero uchun nafaqat asosiy majburiyat yuklanishi mumkin, balki o‘z do‘stining raqamini vaqtinchalik kiyib yubrish baxtiga ham musharraf bo‘lishi mumkin.

Djoker: Anxel Korreya

Ba’zan futbol sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yadi, ko‘p vaqt esa AFA sovg‘a tayyorlab turadi. Argentina Futbol Assotsiatsiyasi yaxshi syurprizlardan ko‘ra shokka tushiruvchi sovg‘alar tayyorlaydi. Xo‘sh, nega 10-raqamni boshqa biri olmasin...

Anxel Korreya ajoyib hujumchi. Aynan u Argentinaning eng kelajagi porloq hujumchilardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Diego Simeonening temir qoidalarida ancha pishgan hujumchi Argentina afsona bo‘lishdan hali-beri ancha uzoq bo‘lsada, u shunga yaqinroq deya qaralmoqda.

Korreya super driblingga va yaratuvchanlik instinktiga ega. Ammo uni himoyada ham yordamlashishi e’tiborga molik. Boz ustiga u muhim gollarni urishni ham yaxshi ko‘radi. U 2018-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ushbu libosni kiygandi. Hayot sovg‘alarga to‘la.

Sports.uz taxmini: Lautaro Martines

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Argentinaning navbatdagi 10-raqam egasi etakchi yaratuvchan bo‘lishi kerak.

Martines hozirgi kunda Argentinaning kelajagi eng porloq futbolchisi hisoblanadi. Ajoyib hujumchi yaqinda “Inter”ga ko‘chib o‘tdi va Evropani o‘z iqtidori bilan zabt etishga kirishdi. U buyuklikka qarab ketmoqda, “neradzurrilar”ning 10-raqamini olgan, nega Argentinada ham shu raqam ostida tushmasin?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!