
Messining do‘sti bo‘lsang ham, cenga Ispaniyada “non” yo‘q!
PSJ bilan xayrlashgan argentinalik hujumkor futbolchi Anxel Di Mariya Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tmoqchi edi.
Uning agentlari, 34 yoshli futbolchi xizmatlarini “Barselona”ga taklif qilib, kataloniyaliklardan rad javobini olgandi. Keyin ular Madridning ikkinchi klubi “Atletiko”ga murojaat qildi.
“Matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone ham jamoasida o‘z hamyurtiga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi. “Atletiko”ning rad javob berishiga futbolchining yoshi o‘tib qolgani sababi bo‘lgani aytilmoqda.
Di Mariya PSJ g‘alabasi bilan yakunlangan Frantsiya chempionatida 26 ta uchrashuvda beshta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar