Messining “Inter”ga o‘tishini inkor qilishmadi
“Barselona”ning sobiq direktori Ariedo Brayda jamoa etakchisi Lionel Messining “Inter”ga o‘tishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Men o‘zim bilganlarimga tayanib, Messining “Barsa”dan ketishining ehtimoli juda kam. Chunki bu erda u o‘zini qiroldek his qiladi. Biroq, uning shu erda qolishiga hech kim kafolat berolmaydi. Chunki futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin, - dedi Brayda.
“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu esa, Messi unga faoliyatini Kataloniya klubida yakunlashga qaror qilganini aytgani va argentinalik hujumchi jamoada yana uch-to‘rt yil o‘ynashi mumkinligi haqida ma’lumot bergan edi.

Fikrlar