
Messining jarohati qanchalik jiddiy? "Inter Mayami" ustozi javob berdi
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martino hujumchi Lionel Messining salomatligi haqida gapirdi.
"Leo biroz noqulaylik sezdi. Biroq u har kuni mashq qilyapti. Biz tekshiruvlar o‘tkazdik va ularning barchasi juda yaxshi chiqdi.
Bir haftada uchta o‘yinimiz bor va u hamon biroz og‘riq sezmoqda. Shu sababli, uning bugungi o‘yinni o‘tkazib yuborgani oqilona qaror bo‘ldi, deb o‘ylaymiz.
Biz uni shanba kuni maydonga tushishini rejalashtirganmiz, ammo vaziyat kundan-kunga o‘zgarib bormoqda. U mashg‘ulot o‘tkazdi va o‘zini yaxshi his qildi. Biroq biz hech qachon tavakkal qilmaymiz", - dedi Martino.
Fikrlar