
Messining ketishi Bartomeuni qamoqqa tiqishi mumkin
Messi va Bartomeu o‘rtasidagi mojaroni tahlil qilib borayotgan ispaniyalik taniqli jurnalist Gilerme Balage futbolchining shu tarzda klubdan ketishi Bartomeuning qamalib ketishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
- Agar Bartomeu Messini yuqori narxda sota olmasa, undan keyin keladigan prezident uni klub aktivlaridan belgilangan darajada foydalanmaganlikda ayblashi turgan gap. Buning oqibatida Bartomeu o‘z cho‘ntagidan katta summani klubga o‘tkazib, aybini yopishi kerak bo‘ladi. Yoki ish qamoq jazosigacha etib boradi. Shuning uchun u Messi bilan oxirigacha kurashib, uni shartnomaning so‘nggi kunigacha olib qolish yoki o‘ta katta summaga sotib yuborishga harakat qilmoqda. Messini tekinga qo‘yib yuborolmaydi, - deb yozadi jurnalist.
Avvalroq, Messini qolishga ko‘ndirolmagan Bartomeu uni bir yillik maoshini olmaslikka va bu muddat ichida boshqa klub bilan shartnoma tuzmaslikka chaqirgan edi.
Fikrlar