Messining maqsadi oshkor bo‘ldi

  • 16.09.2020 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lionel Messi yoshi o‘tib qolganiga qaramay, Argentina terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirishini malum qildi.

U terma jamoa bilan muhim turnirlarda bosh sovrinni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Dastlab, Lionel Messi Argentina safida 2021 yili bo‘ladigan Amerika kubogi uchun kurashadi. Uning eng asosiy maqsadi 2022 yili Qatarda bo‘ladigan mundialda o‘ziga etishmayotgan jahon chempionligi unvonini olish kiritish bo‘lib qoladi.

Ayni paytda Argentina terma jamoasini boshqarayotgan Lionel Skaloni adashiga katta ishonch bildirishini ma’lum qilgan.

Lionel Messi o‘z mamlakati bosh jamoasi tarkibida 138 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 70 marta aniq nishonga olgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!