
Messining muzokarasi barbod bo‘ldi
PSJ hujumchisi Lionel Messining amaldagi shartnomasi mavchsum oxirida yakunlanadi. Parijliklar jahon chempionini o‘z safida olib qolish maqsadida Lionel Messining agenti sifatida uning manfaatlarini himoya qilayotgan otasi bilan muzokara o‘tkazdi.
Taniqli jurnalist Jerar Romeroning ma’lum qilishicha, Xorxe Messi o‘g‘lining yangi shartnomasi bo‘yicha PSJ mutasaddilari bilan keliga olmagan va muzokara barbod bo‘lgan.
Xorxe Messi Parijdan “Barselona”ga qaytib keldi. Ma’lumotlarga qaraganda, Leo PSJ bilan hamkorlikni to‘xtatishga yaqin turibdi.
35 yoshli futbolchi oldida turgan variantlardan biri AQSh chempionatiga ko‘chib o‘tib, “Inter Mayami” safiga qo‘shilish ekani aytilmoqda. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni klublari ham jahon chempioniga mo‘may daromadli bitim taklif qilishga tayyor.
Fikrlar