
“Barsa” Messi o‘rniga 20 yoshli vunderkindni oladigan bo‘ldi
“Barselona” mutasaddilari Lionel Messini ortga qaytarish yo‘lini topa olmayapti. Klub hali moliyaviy muammolardan qutilgani yo‘q va bu holat argentinalik yulduz transferiga to‘sqinlik qilmoqda.
Ayni paytda kataloniyaliklar Messining o‘rniga boshqa variantlarni qidirmoqda.
Diario AS nashri jurnalistlarining aniqlashicha, “Barselona” Messini qaytara olmagan taqdirda, yozda “Selta” pleymeykeri Gabri Veyga transferi bo‘yicha ish boshlaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” prezidenti Joan Laporta 20 yoshli ispaniyalik futbolchining iste’dodi va salohiyatini yuqori baholamoqda va kelajakda Messining o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.
Gabri Veyga joriy mavsumda La Ligada 9 ta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Vigoliklar yosh o‘yinchini 40 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar