Messining otasi Kataloniyaga keldi
Leoning otasi va agenti Xorxe Messi o‘g‘lining jamoadagi taqdirini hal qilish uchun Barselonaga etib keldi. U Kataloniyadagi "El Prat" aeroportiga qo‘ndi. Jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga:
"Men hech narsani bilmayman, yigitlar", - deya javob qaytarib, o‘tib ketdi.
Ushbu tashrifning asosiy maqsadi klub va futbolchi o‘rtasidagi masalaga yakuniy echim topish. Argentinalik superyulduz klubdan ketishni xohlayotgani bir necha kunlardan buyon internet tarmoqlari mavzusiga aylangan. O‘z navbatida, "Barselona" Messiga 2023 yilgacha shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqchi.

Fikrlar