Messining PSJ safiga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi

PSJ klubi futbolchisi Lionel Messi klubining 3 ta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. U 3 yanvar kuni mashg‘ulotlarga qaytadi. 

Shu tariqa, Leo parijliklarning Liga 1 doirasidagi "Strasburg" (28 dekabr) va "Lens" (1 yanvar), kubok doirasidagi "Shaturo" (6 yanvar) ga qarshi bellashuvlarda klubiga yordam bera olmaydi. 

Argentinalik yulduz 11 yanvar sanasiga belgilangan chempionat 18-turidan o‘rin olgan "Anje" jamoasiga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.

Argentina bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Messi ayni paytda tug‘ilib o‘sgan shahri Rosarioda ta’tilda bo‘lib turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!