
Messining vorisi “Barsa”dan norozi
“Barselona” hujumchisi Ansu Fati hozirgi bosh murabbiy Xavi Ernandes unga taqdim qilayotgan o‘yin vaqtidan norozi bo‘lmoqda.
Aslida Lionel Messi 2020 yili Kataloniyani tark etganidan keyin klub rahbariyati va muxlislar Ansu Fatiga argentinalik yulduzning vorisi sifatida katta umid bog‘lagandi. Lekin ketma-ket ikkita og‘ir jarohat yosh futbolchiga salbiy ta’sir qildi va u jamoadagi mavqeini yo‘qotib qo‘ydi.
Joriy mavsumda Ansu Fati 15 marta maydonga tushgan bo‘lsa-da, shu bahslardan atigi uchtasini boshlang‘ich tarkibda boshladi.
19 yoshli futbolchi o‘zini asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi bo‘lishga loyiq, deb hisoblamoqda va Xavining qarorlariga norozilik bildiryapti.
Ansu Fati barcha turnirlarda uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar