"Metallurg" - AGMK o‘yini oldidan bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

  • 04.03.2022 06:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Bekobod shahrida mamlakat XXXI milliy chempionati – Coca Cola Superliganing bayroqlari ko‘tariladi. “Metallurg” 1-turda Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv bekobdliklar uchun kuchlilar safidagi 695-o‘yinga aylanadi.

Ortda qolgan 694 uchrashuvning 232 tasini “Metallurg” o‘z foydasiga hal etgan. 140 ta uchrashuvda raqiblar bilan murosaga imzo chekkan. 322 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 850:1058.

“Metallurg”ning kuchlilar safidagi eng yirik g‘alabasi – 6:0 (2001 yil – “Semurg‘”, 2006 yil – “Xorazm”, 2016 yil – “Mash’al”). Eng yirik mag‘lubiyati – 0:7 (2003 yil – “Navbahor”, 2004 yil – “Nasaf”). Jamoa to‘purari Zohid Abdullaev. “Gennadiy Krasnitskiy klubi a’zosi”ga aylangan Zohid Abdullaevning mamlakat chempionati va Kubogi bahslarida kiritgan jami gollari soni 112 ta.

Endi bevosita klublarning o‘zaro o‘yinlar statistikasiga qaraydigan bo‘lsak, shu kunga qadar  “Metallurg” hamda AGMK 28 marotaba maydonda to‘qnash kelishgan. Birortasida katta ustunlik yo‘q. “Metallurg”da 12, AGMKda 13 ta g‘alaba bor. 3 ta o‘yin durang kuzatilgan.

O‘tgan yilgi to‘qnashuvlarda AGMK Olmaliqda ham, Bekobodda ham g‘olib chiqqan. To‘plar nisbati bo‘yicha “Metallurg” 47 ta gol urgan, AGMK esa 50. 28 ta uchrashuv mobaynida hali biror marta yirik hisob qayd etilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!