
"Metallurg" - "Surxon" o‘yini oldidan statistik ma’lumotlar
Ushbu jamoalar kuchlilar safida bugungacha 23 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, ustunlik “Metallurg” jamoasi tomonida. Bekobodliklar 10 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 8 o‘yinda kuchlar teng kelgan, 5 bahsda termizliklar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi “Metallurg” foydasiga – 25:19.
Bekobodda kechgan 11 uchrashuvda “Metallurg” katta ustunlikka ega. Maydon egalari 8 ta o‘yinda raqiblarini taslim etgan bo‘lsa, 2 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. Yana 1 ta uchrashuvda omad “Surxon” jamoasiga kulib boqqan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 15:4, “Metallurg” foydasiga.
Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:
16.03.2022 “Metallurg” – “Surxon” – 0:0
07.08.2021 “Metallurg” – “Surxon” – 0:1
29.11.2020 “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
30.11.2019 “Metallurg” – “Surxon” – 2:0
18.09.2004 “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
“Metallurg” matbuot xizmati.
Fikrlar