
"Metallurg" 5 nafar etakchisi bilan shartnomani uzaytirdi va "Turon" darvozaboni bilan ham kelishuvga erishdi
"Olimpik" bilan o‘yindan so‘ng “Metallurg” PFKning asosiy va yoshlar tarkiblariga qishki ta’til berildi. Mazkur hafta klub rahbariyati yig‘ilishidan so‘ng yangi mavsum tadorigi qaysi sanadan boshlanishi ma’lum bo‘ladi. O‘z navbatida xorijlik murabbiylar shtabi bugun o‘z vatanlariga otlanishdi.
Ma’lumki, “Olimpik” bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Vesko Steshevich keyingi yilga ham jamoa o‘zagini saqlab qolish niyatida ekanligini, ayrim chiziqlarni esa klubning moliyaviy holatiga qarab kuchaytirish niyati borligini aytib o‘tgandi.
Shundan kelib chiqqan holda “Metallurg” PFK rahbariyati Rizo Yazdando‘st, Ivan Yosovich, Kerim Palich, Iskandar Shayqulov, Zabixillo O‘rinboev singari o‘yinchilar bilan shartnoma muddatini uzaytirishga erishdi.
Bundan tashqari, 2023 yilgi mavsumni “Turon” (Yaypan) safida o‘tkazgan darvozabon Rahimjon Davronov bilan shartnoma imzolandi.
“Metallurg” matbuot xizmati.
Fikrlar