
"Metallurg" futbolchisi jamoadan ketib qoldi
“Qo‘qon-1912”dagi faoliyatidan keyin bu yilgi mavsum boshida “Metallurg” safiga qo‘shilgan yarim himoyachi Shoxnazar Norbekov Bekobodda uzoq qolmaydigan bo‘ldi.
Sports.uz muxbirining aniqlashicha, futbolchi klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasini bekor qilgan holda “Metallurg” bilan xayrlashdi.
Shoxnazar joriy chempionatda “Metallurg” safida Superliganing 8 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1 ta gol urib, 1 ta qizil kartochka “ishlab” oldi. Shuningdek, 28 yoshli o‘yinchi O‘zbekiston Kubogi bahslarida ham 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Ayni paytda unga Superliga klublaridan aniq takliflar bor. Tez orada Norbekov bir qarorga keladi.
P.S. Uning klubdan ketishiga nima sabab bo‘ldi? Tez orada futbolchi bilan uyushtirgan suhbatda barcha masalaga oydinlik kiritiladi. Saytimizni kuzatishda davom eting!
Fikrlar