"Metallurg" "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin oldidan yo‘qotishlarga uchradi

  • 20 may, 2018, 11:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pepsi Superliga 12-turida “Navbahor” jamoasiga qarshi safar uchrashuvidan (0:3) keyin “Metallurg” o‘yinchilariga ikki kunlik ta’til berilgan edi. Juma kunidan e’tiboran “Metallurg” futbolchilari Qibray o‘quv-mashg‘ulot maskanida Pepsi Superligasining 13-turiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Bekobodliklarning navbatdagi raqibi O‘zbekistonning amaldagi chempioni, poytaxtning “Lokomotiv” jamoasi sanaladi. "Temiryo‘lchilar" bilan birinchi davradagi safar uchrashuvida durang natija qayd etilgan edi. 

Xabarda aytilishicha, "Metallurg" tarkibida yo‘qotishlar bor. Sariq kartochkalar to‘planib qolganligi bois himoyachi Abbosjon Otaxonov bu turni o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, Abror Husinov, Jasur Hasanov, Javohir Sohibov, Sherzod Fayzievlarda jarohat borligidan xabardorsiz. Kecha Qibray o‘quv-mashg‘ulot maskanida bu o‘yinchilar individual shug‘ullanishni boshlashdi.

Eslatib o‘tamiz, “Metallurg”ning “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvi 26 may sanasida, soat 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!