"Metallurg" navbatdagi transferni e’lon qildi. Jamoani tark etgan futbolchi ham bor

  • 25 fevral, 2022, 18:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” qarorgohidagi eng qaynoq, so‘nggi yangiliklarni e’tiboringizga etkazishda davom etamiz. Jarohati bois Turkiya safariga bora olmagan iste’dodli hujumchi Islom Isoqjonov individual shug‘ullanishni boshladi. Jamoaning ikki nafar iqtidorli yosh o‘yinchilari Shahzodbek Ne’matjonov hamda Humoyunshoh Sayyotov esa poytaxtda – O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yig‘inida ishtirok etayapti. Bundan tashqari jamoa tarkibida ba’zi o‘zgarishlar mavjud. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Kecha “Metallurg” qarorgohini yarim himoyachi Muhammad Isaev erkin agent sifatida tark etdi. Muhammad Isaev endi erkin agent sifatida faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

Bugun “Metallurg” PFK o‘z tarkibini bir nafar yangi o‘yinchi bilan boyitib oldi. O‘tgan mavsum Termizning “Surxon” jamoasida to‘p tepgan hujumchi Jasur Xolto‘raev bekobodliklar bilan shartnoma imzoladi. Futbolchilik faoliyatini 2017 yili G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasida boshlagan Jasur Xolto‘raev 2021 yilgi mamlakat chempionatida “Surxon” safida 25 uchrashuvda maydonga tushdi. Shularning 18 tasini asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, 7 bor zahiradan o‘yinga qo‘shildi. Raqiblar darvozasiga 2 ta gol kiritdi. 3 marta sariq kartochka bilan jazolandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!