
"Metallurg" o‘rtoqlik o‘yinida g‘alabani qo‘ldan chiqardi
“Metallurg” klubi Antaliyada navbatdagi o‘yinini Rossiyaning “Chernomorets” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqasida burchakdan uzatilgan to‘pni Davron Ergashev raqib darvozasiga yo‘llab hisobni ochdi. Lekin 83-daqiqa o‘tib borayotganida Kirilenko muvozanatni tikladi va yakunda o‘yin 1:1 natijasi bilan tugadi.
“Metallurg”: (1-taym) Akmal Ortiqov, Ergash Ismoilov, Xudoyshukur Sattorov, Zafar Rahimjonov, Mirg‘ies Sulaymonov, Sardor Abduraimov, Alisher Xayrullaev, Hazrat Tursunqulov, Ravshan Abdumannonov, Behruz Abdullaev, Daler Sharipov.
(2-taym) Rahimjon Davronov, Abror Toshqo‘ziev (s), Rizo Yazdando‘st, Davron Ergashev, Abbos Otaxonov, Shahzodbek G‘ofurbekov, Sirojiddin Qo‘ziev, Iskandar Shayqulov, Mirko Milichkovich, Boban Jorjevich, Shahzodbek Ubaydullaev.
Fikrlar