FAKT! “Metallurg” Qo‘qonda umuman g‘alaba qozonmagan
Superliga 21-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Metallurg” uchrashuvi 30 sentyabr kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarini taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Mazkur jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 19 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning to‘qqiztasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. Sakkizta uchrashuvda bekobodliklarning qo‘li baland kelgan. Ikkita bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati 30-29 "Qo‘qon-1912" jamoasi foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda vodiyliklar 29 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Metallurg” hisobida esa 26 ochko mavjud.
Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar:
13.07.2018. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 2:1
22.04.2017. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 3:0
17.09.2016. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 2:1
25.10.2015. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 2:1
13.09.2003. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 4:0
23.11.2002. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 1:0
29.04.2000. Temiryo‘lchi – Metallurg - 2:0
02.10.1999. Temiryo‘lchi – Metallurg - 5:1
05.09.1998. Temiryulchi – Metallurg - 1:1
Yirik g‘alabalar
"Qo‘qon-1912" vakillari ushbu jamoani uch marta yirik hisobda dog‘da qoldirishgan – 1999 yilda 5:1, 2003 yilda 4:0, 2017 yilda 3:0. O‘z navbatida “Metallurg” ham ikki marta raqibini yirik hisobda mag‘lub etgan – 2000 yilda 6:1, 2017 yilda 3:0.
O‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan duranglar esa ushbu jamoalarning birinchi va ikkinchi uchrashuvlarida ya’ni, 1998 yildagi bahslarda qayd etilgan. 20 yildan beri bu klublar to‘qnashuvida durang natija kuzatilayotgani yo‘q.

Fikrlar