“Metallurg” rasman 4 futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

  • 24.01.2018 17:38
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsum yaqinlashgan sayin Superliga jamoalari o‘z tarkiblarini kuchaytirish harakatini ko‘rishmoqda. Jumladan, muxlislar 2018 yilda Bekobodning “Metallurg” klubida ham bir qator yangi nomlarni ko‘rishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘tgan hafta yig‘in yakunlariga ko‘ra jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan Dilyorbek Irmatov bilan shartnoma imzolandi. Dilyorbek Irmatovni futbol muxlislari Farg‘onaning “Neftchi” jamoasidagi ishtiroki orqali yaxshi tanishadi. Sakkiz mavsum “Neftchi”da muvaffaqiyatli to‘p tepgan Irmatov “Metallurg”ning himoya chizig‘ida harakat qiladi. Tez orada bekobodliklar safini to‘ldirgan o‘yinchilarning qaysi raqamlarda maydonga chiqishi ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Dilyorbekka qadar “Metallurg” darvozabon Nikita Ribkin, himoyachi Sherzod Fayziev hamda yarim himoyachi Shahzodbek Shaymanov bilan shartnomani rasmiylashtirgandi. Quyida ushbu futbolchilar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing:

Nikita Ribkin, 20 yanvar 19912 yilda tug‘ilgan, 25 yoshda. 2018 yildan “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi. 2011-2016 yillarda “Paxtakor”, 2016-17 yillarda “Qo‘qon 1912” jamoalarida o‘ynagan. Oliy ligada jami 36 uchrashuvda darvozani qo‘riqlagan. 2015-16 yillarda O‘zbekiston Superkubogida o‘ynagan, 2011 yili O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan, 2012, 2014, 2015 yillarda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

Dilyorbek Irmatov, 30 aprel 1989 yilda tug‘ilgan, 28 yoshda. 2018 yildan “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi. 2010-2017 yillar oralig‘ida “Neftchi” jamoasi sharafini himoya etgan. 187 uchrashuvda maydonga chiqib, 5 ta gol urgan, 48 marta ogohlantirilgan, 1 marta maydondan chetlatilgan. O‘tgan mavsumda 27 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta sariq kartochka ishlagan va shulardan ikkitasini bitta o‘yinda olganligi bois maydondan chetlatilgan.

Sherzod Fayziev, 6 fevral 1992 yilda tug‘ilgan, 26 yoshda. 2018 yildan “Metallurg” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ikki karra O‘zbekiston chempioni (2016, 2017), ikki marta O‘zbekiston kubogi sohibi (2016, 2017). 2011-15 yillarda “Mash’al”, 2016-17 yillardan “Lokomotiv”da o‘ynagan. Oliy liga musobaqalarida jami 101 ta uchrashuvda maydonga chiqqan. 80 uchrashuvda asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, 21 ta uchrashuvda zahiradan o‘yinga qo‘shilgan. 2 ta gol urgan. 7 marta ogohlantirilgan. Bir mavsumda 3 tadan ko‘p sariq olmagan. Maydondan chetlatilmagan.

Shahzodbek Shaymanov, 2 aprel 1992 yilda tug‘ilgan, 25 yoshda. 2018 yildan “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi. 2012 yildan “Mash’al” tarkibida o‘ynab kelgan. 2014 yilgi mavsumning birinchi yarmini “Andijon” safida o‘tkazgan. Oliy liga musobaqalarida jami 114 ta uchrashuvda maydonga chiqqan, 11 ta gol kiritgan, 21 marta ogohlantirilgan. 2013 yili mamlakat birinchiligi g‘olibi bo‘lgan, 2015 yili esa O‘zbekiston kubogining finalida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!