"Metallurg" sobiq futbolchisini qaytardi

  • 18 yanvar, 2024, 08:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta futboldagi faoliyatining dastlabki yillarini Bekobodning “Metallurg” jamoasida o‘tkazgan universal himoyachi Mirg‘iyos Sulaymonov olti yillik tanaffusdan so‘ng yana qadrdon jamoasiga qaytdi.

Tecno

2011 yili Navoiyning “Qizilqum” jamoasida professional faoliyatini boshlagan Mirg‘iyos tez orada “Metallurg” murabbiylari nazariga tushdi va keyingi mavsumdayoq Bekobod klubiga taklif etildi. “Metallurg”da Sulaymonov 2012-2017 yillar mobaynida, qatorasiga olti mavsum to‘p surdi. Bekobodliklar sharafini 216 uchrashuvda himoya qildi, raqiblari darvozasiga 3 ta gol kiritdi. 2018 yildan esa Superliganing boshqa klublari – “Bunyodkor”, “Olmaliq”, “Dinamo” jamoalarida o‘ynab keldi.

sulaymonov

33 yoshli tajribali himoyachi Mirg‘iyos Sulaymonov mamlakat milliy chempionatlarida shu kungacha 213 ta uchrashuvda maydonga chiqqan. 4 ta gol kiritgan. 37 marta sariq kartochka bilan jazolangan.

"Metallurg" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!