"Metallurg" so‘nggi pallada "Nasaf"dan ketgan futbolchi bilan shartnoma tuzdi

  • 13 mart, 2021, 11:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha O‘zbekistonda qishki transfer oynasi rasman yopildi. So‘nggi pallada “Metallurg” klubi tajribali yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaevni qo‘shib oldi.

Tecno

Yaqinda “Nasaf”dan ketgani e’lon qilingach, futbolchi ma’lum vaqt jamoasiz yurdi. Albatta, bu payt davomida sports.uz muxbiri Rahmatullaev bilan bog‘lanib, keyingi rejalari bilan qiziqib ko‘rgandi. Biroq Dilshod tayinli bir javob aytmagandi. Faqat “Nasaf”dan ketganini tasdiqlagandi xolos.

Nihoyat, transfer oynasi yopilishiga bir necha soat qolganida futbolchi “Metallurg”ning taklifini qabul qilib, shartnomaga qo‘l qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turda “Surxon”ga mag‘lubiyatga uchragan “Metallurg” ikkinchi turni 16 mart kuni o‘z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!