“Metallurg” tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga kirishdi. Tarkibda yo‘qotishlar bor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xorijda o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan keyin Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘yinchilariga uch kunlik ta’til berilgandi. Bugun murabbiylar shtabi va futbolchilar Bekobod shahrida jamlanishdi va yangi mavsumga so‘nggi tayyorgarlik yig‘iniga kirishdi.

Futbolchilarning barchasi sog‘ salomat, kayfiyatlari ko‘tarinki. Oxirgi yig‘inning dastlabki kuni murabbiylar shtabi futbolchilarga engil yuklama berish bilan cheklanishdi. Ertadan esa to‘laqonli mashg‘ulotlarga kirishiladi.

Shu o‘rinda, qishki yig‘in davomida jarohat olgan Islombek Isoqjonov hamda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yig‘iniga chaqirilgan Shahzodbek Ne’matjonov hamda Humoyunshoh Sayyotovlar mashg‘ulotlarda qatnashmayotganligini aytib o‘tish kerak. Yoshlar 27 fevral sanasida klub ixtiyoriga etib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!