"Metallurg" tojikistonlik futbolchisi bilan shartnomani to‘xtatdi

  • 9 iyul, 2024, 17:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Davralar oralig‘idagi tanaffusda Bekobodning “Metallurg” jamoasi yana bir legioner o‘yinchisi bilan xayrlashdi. Klub tojikistonlik tajribali himoyachi Davron Ergashev bilan o‘zaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qildi. Bu haqida "Metallurg" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davron Ergashev “Metallurg”ga 2024 yil boshida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasidan kelib qo‘shilgandi. Yarim mavsum davomida Ergashev “Metallurg” libosida Superliganing 9 ta uchrashuvida maydonga chiqdi: 7 ta o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlagan bo‘lsa, 2 ta bahsda zaxiradan o‘yinga tushirildi. 662 daqiqalik faoliyati davomida u 1 marta sariq kartochka bilan jazolandi. O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi bahslarida esa ikkita o‘yinni maydonda to‘liq o‘tkazdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!