"Metallurg" yana ikki nafar futbolchi bilan kelishuvga erishdi

  • 11.01.2022 20:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Selektsiyani faol tarzda olib borayotgan “Metallurg” klubi o‘z safiga yangi o‘yinchilarni qo‘shib olishda davom etyapti.

Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, bekobodliklar tarkibiga “Turon” darvozasini qo‘riqlagan Akmal Ortiqov hamda “Qo‘qon-1912” bilan xayrlashgan yarim himoyachi Farhod Bekmurodov qo‘shilishgan.

akmal_1

Ma’lum bo‘lishicha, “Metallurg” rahbariyati har ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi va endilikda ular yangi mavsumda bekobodliklar sharafini himoya qiladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!