"Metallurg" yangi futbolchining transferini e’lon qildi

  • 19 iyul, 2022, 14:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Metallurg" matbuot xizmati yangi transferni e’lon qildi. Ushbu xabarda shunday deyiladi:

"Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z tarkibiga yangi o‘yinchi qo‘shib oldi. 2022 yilgi mavsumning birinchi davrasini Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida o‘tkazgan Behruz Shodmonov endilikda “Metallurg” tarkibida to‘p suradi. U birinchi davrada 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 marta ogohlantirildi.

Behruz Shodmonov 22 yoshda. 1999 yilning 21 iyul sanasida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini “Buxoro” jamoasida boshlagan. Kuchlilar safida 50 ta uchrashuvda 3990 daqiqa o‘ynagan. 2 ta gol kiritgan, 14 marta ogohlantirilgan.

bexruz

“Metallurg”ning ahil oilasiga xush kelibsan, Behruz!"

Ma’lumot uchun: Behruz Shodmonov
22 yoshda. 1999 yilning 21 iyul sanasida tug‘ilgan.
Ampluasi – yarim himoyachi
Faoliyat yuritgan jamoalari:
2018-2020 yillar – “Buxoro” (Buxoro)
2022 yil birinchi davra – “So‘g‘diyona” (Jizzax)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!