"Metallurg"ning murabbiylar shtabi bilan tanishing!
Xabaringiz bor, qayta tashkil etilgan "Metallurg" futbol klubi yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jamoa o‘z oldida Superligaga chiqish vazifasini qo‘ygan. Shu bois klub ta’sischisi 2026 yilning 26 yanvar kunidan bosh direktor lavozimiga Mirzaev Ulug‘bek Abdusattarovichni tayinladi. Tajribali mutaxassis bilan uch yillik bitim imzolandi.
Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi sifatida Ilhom Mo‘minjonov bilan 2028 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma tuzilgani haqida kuni-kecha O‘zPFL ham e’lon qildi.
Klub sport direktori lavozimida Farzod Zaripov faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Bundan tashqari Mo‘minjonovga yana bir qator mutaxassislar yordam beradi.
Durbek Umaraliev — bosh murabbiy yordamchisi.
Andrey Shumara — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy.
Akmal Ortiqov — darvozabonlar murabbiyi.
Oybek Qilichev — selektsioner murabbiy.
Islombek Rustamov — tahlilchi.
G‘ofurjon Jo‘rayev — shifokor.
Ravshan Begmatov — ma’mur.
Mansur Boynazarov — ma’mur.
Muxtor Mardonov — massajchi.
Abror Rustamov — massajchi.
Jasurbek Umarov — videooperator.
Alisher Toshmatov — xavfsizlik ofitseri.
Omonboy To‘xtamirzaev — media-ofitser.
Shu bilan birga, Jamshid Mirabdullaev klub texnik direktori lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Nozim Esonov esa selektsioner vazifasida ish olib boradi.
Fikrlar