“Metallurg”ning Turkiya yig‘ini yakunlandi
Ikki hafta mobaynida Turkiyaning Antaliya shahri futbol maydonlarida yangi mavsum tayyorgarligi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazgan Bekobodning “Metallurg”jamoasi kecha tunda Antaliya – Istambul – Toshkent yo‘nalishi bilan mamlakatimizga qaytib keldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Xorij yig‘inidan keyin futbolchilarga uch kunlik ta’til berildi. Jamoa a’zolari endi 20 fevral sanasida yana to‘planadi va Superliganing 1-turiga so‘nggi tadorikni poytaxt viloyati maydonlarida olib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Metallurg” yangi mavsumni 29 fevral sanasida Toshkent viloyati derbisida – Olmaliq shahrida AGMKga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Fikrlar