
"Metro Lyublino" yana bir o‘zbek jangchisiga qarshi!
16 fevral kuni Qozog‘istonning Almati shahrida "Oktagon 55" turniri o‘tkaziladi.
Ushbu jang kechasida bir qator hamyurtlarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Jumladan, super engil vazn (56,7 kg) toifasidagi vakilimiz, Izattilo Sharipov shogirdi Zo‘hriddin Boydadaev tojikistonlik anchagina mashhur, " Metro Lyublino" nomi bilan tanilgan Saymo‘min Madievga qarshi jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Saymo‘min Madiev yana bir hamyurtimiz Sanjar Zokirovga qarshi jang qilgan va unda Zokirov g‘alaba qozongan.
Fikrlar