
“Milan” 100 millionlik transferni rad etdi
Italiyaning amaldagi chempioni “Milan” jamoa hujumchisi Rafael Leauni 100 million evroga sotish imkoniyatidan foydalanmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” hujum chizig‘ini portugaliyalik forvard yordamida kuchaytirmoqchi bo‘lgan va milanliklarga mo‘may mablag‘ taklif qilgan.
“Milan” mutasaddilari londonliklar va’da qilgan summa kamligini bildirgan. Chunki 23 yoshli futbolchining shartnomasi badal pulining miqdori 150 million evro ekani ko‘rsatilgan.
Leau “Sporting” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli to‘purar 2018 yili “Lill”ga ko‘chib o‘tgan. Bir yildan keyin “Milan” uni 29,5 million evroga o‘z safiga qo‘shib olgandi. Hjumchining milanliklar bilan shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi.
Fikrlar