"Milan" Bakayokoni to‘liq sotib olmoqchi

  • 25.03.2019 16:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi rahbariyati o‘tgan yoz "Chelsi"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Temue Bakayokoni to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo 24 yoshli frantsuz futbolchisining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan to‘liq qoniqish xosil qilmoqda. Shu bois milanliklar uni har qanday mablag‘ evaziga bo‘lsa ham sotib olishga tayyor. Ayni damda esa “aristokratlar” ushbu futbolchisini 35 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

“Milan” ushbu mablag‘ni topish uchun  Franka Kesseni sotib yubormoqchi. Unga esa “Arsenal”dan jiddiy takliflar bor.

Ma’lumot uchun, Bakayoko joriy mavsum “Milan” safida jami 22ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!