"Milan" Jiruga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

"Milan" hujumchi Olive Jiruga yangi shartnoma taklif qiladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Futbolchining "rossonerilar" bilan amaldagi bitimi mavsum oxirigacha amal qiladi. “Qizil-qoralar” futbolchiga shartnomani 2025 yilning iyunigacha uzaytirishni taklif qiladi. Frantsuzda boshqa variantlar ham bor. U MLS va Saudiya Arabistonidan yaxshigina maoshli takliflar oldi.

Jiru “Milan” safida 2021 yildan buyon to‘p suradi. Joriy mavsumda 37 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!