“Milan” mashhur basketbolchi mulkiga aylanishi kutilyapti

  • 31.08.2022 12:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Basketbol bo‘yicha “Los-Anjeles Leykers” yulduo‘i Lebron Jeyms Italiyaning “Milan” klubini sotib olishga qaror qildi.

Financial Times nashrining ma’lum qilishicha, Lebron Jeymsga aloqador Main Street Advisors investitsion kompaniyasi “Milan” aktsiyalarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda “Milan” klubining nazorat paketi to‘liq RedBird Capital Partners investitsion fondiga o‘tishi kutilyapti. RedBird rahbariyati klubni Main Street Advisors bilan birga hamkorlikda boshqarishini e’lon qilmoqchi.

 Yaqinda Lebron Jeyms Milliy basketbol ligasining yangi jamoasi bo‘lishi kutilayotgan  Las Vegas shahri klubini ham sotib olmoqchi edi. 2024 yili MBA kengaytiriladi va Las Vegas jamoasi unga qo‘shiladigan asosiy nomzodlardan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!