“Milan” Obameyangning “A” seriyada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyangning transferi borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, milanliklar 27 yoshli gabonlik futbolchi uchun 60 million evro bermoqchi va uning maoshini yiliga 8 million evro etib belgilashga ham rozi. Bu bilan Obameyang Italiya chempionatidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.

Biroq bu transferga "Chelsi" xalaqit qilishi mumkin. Londonliklar ham ayni damda Gabon terma jamoasi etakchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olish harakatiga tushib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Obameyang 2007 yilda Obameyang "Bastiya"dan "Milan" akademiyasiga o‘tgan va keyin professional shartnoma imzolagan, biroq 5 yili ichida atigi milanliklar yoshlar jamoasida 7 o‘yinda 2 golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!