
"Milan" "Puma" bilan rekord darajadagi shartnoma imzoladi
Italiya chempioni "Milan" "Puma" brendi bilan rekord miqdordagi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub hamkorlikni uzaytirishga va foyda miqdorini oshirishga qaror qilgan. Endilikda "rossonerilar" bu kelishuv orqali yiliga 30 million evrodan ko‘proq pul ishlab topadi.
Shartnoma 2028 yilga qadar amal qiladi. Shu paytgacha Milan jamoasi texnik homiylardan bu darajada katta foyda ko‘rmagan.
Fikrlar