
"Milan" Rimda "Roma"ni taslim qildi yoxud A Seriyada chempionlik poygasi davom etadi (video)
Italiya A Seriyasining 24-turida “Roma” o‘z maydonida “Milan”ga qarshi bahs olib bordi.
Italiya poytaxtida kechgan bahsda 1:2 hisobida “rossonerilar”ning qo‘li baland keldi. “Milan”ga g‘alaba keltirgan gollarga Frank Kesse (43') va Ante Rebich (58') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Roma”ning yagona javob golini Jordan Veretu (50') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar