"Milаn" vа "Yuventus" Girаssigа qiziqish bildirmoqda
Insayder Janluka Di Marcio dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassining Italiya A seriyasi grandlaridan biriga o‘tishi ehtimolini baholadi.
Uning fikricha, "Milan" gvineyalik hujumchiga qiziqish bildirish mumkin. Milanliklar yanvar oyida Jan-Filip Mateta bilan shartnoma imzolay olmaganidan keyin yana bir markaziy hujumchi qidirishi kutilmoqda.
"Menimcha, “Milan” unga e'tibor qaratishi mumkin, chunki ular yana bir hujumchi olishni rejalashtirmoqda. Girassi variantlardan biri bo‘lishi mumkin. U “Borussiya”ga o‘tishidan oldin ham “Milan” bilan bog‘langandi va klub uni juda yoqtirgan", — dedi Di Marcio.
Shuningdek, "Yuventus" ham vaziyatga qarab Girassiga murojaat qilishi mumkin. Bu esa turinliklar hujumchisi Dushan Vlahovichning kelajagiga bog‘liq. Ayni paytda futbolchining vakillari klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar kelishuv uzaytirilmasa, Girassi "Yuventus" uchun ham variantga aylanishi mumkin.
Fikrlar