"Milan" yangi bosh murabbiyi bilan tez orada shartnoma imzolaydi

  • 6 iyun, 2019, 16:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

“Sampdoriya” klubi ustozi Marko Jampaolo yaqin vaqtlar ichida "Milan" bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” 51 yoshli mutaxassis bilan kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra Jampaolo milanliklar bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi. Uning “San-Siro”dagi maoshi esa yiliga 2 million evroni tashkil etadi. Ta’kidlash kerakki, bu uning hozirgi maoshidan 2 barobarga ko‘p deganidir.

“Milan” Jampaoloni rasman yangi hafta boshida ommaga tanishtirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” yakunlangan mavsum A Seriyani 5-o‘rinda yakunladi. Jamoa EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagach, rahbariyat Jennaro Gattuzoni o‘z lavozimidan ozod etdi.

Jampaolo boshchiligidagi “Sampdoriya” esa chempionatni 9-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!