“Milan” yarim himoyachisi faoliyatini “Tottenxem”da davom ettirishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Milan” jamoasi yarim himoyachisi Suso o‘z faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, Susoga “Tottenxem” klubidan qiziqish bor. Londonliklar yarim himoyachini xarid qilish borasida milanliklarga taklif jo‘natgan.

Biroq “Milan” rahbarlari futbolchini sotishga shoshilmayapti. Chunki Suso o‘tgan mavsumda yaxshi o‘yin namoyish qilib, ko‘pchilikda ishonch uyg‘otdi.

O‘tgan mavsumda Suso “Milan”ning 34 o‘yinida maydonga tushib, 7 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!