"Milan"ning oromini olgan 19 yoshli frantsuz kim?

  • 05.01.2021 21:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" "Tuluza" yarim himoyachisi Kuadio Koneni ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 19 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy qishki transferlar davrida sotib olmoqchi. Buning uchun ular frantsuz klubiga 5 mln evro taklif qilmoqchi.

Kone “Tuluza” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!