"Milan"ning xo‘jayini yana o‘zgarishi mumkin

  • 27 dekabr, 2019, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik milliarder Bernar Arno "Milan" klubini sotib olmoqchi.

Tecno

FootMercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Arno ayni damda “rossonerilar”ga xo‘jayinlikr qilayotgan Elliot Management kompaniyasiga 700-800 million evro taklif qilgan. Biroq, AQSh kompaniyasi “Milan”ni 1,2 milliard evroga sotishini ma’lum qilgan. Arno esa ushbu taklifini 900-950 mln evrogacha oshirishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda Arnoga “Milan” bilan muzokaralarda 1986-2002 yillarda “rossonerilar” bosh direktori bo‘lib ishlagan Alvaro Brieda ko‘maklashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!